logo
GAMEGLORY
KUCHLAR TO'QNASHUVCHI
+998
4 xonali PIN
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Tugmani bosish orqali siz shartlarga rozilik bildirasiz — .
Ommaviy oferta & Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 30 oktabr 2025

1. Platforma maqomi

GameGlory — mahoratga asoslangan onlayn turnir platformasi. G‘alaba ishtirokchining o‘yin ko‘nikmasi, strategiyasi va jamoaviy o‘yiniga bog‘liq. Qimor/tasodifiy mexanizmlar qo‘llanilmaydi.

2. Qabul va rozilik

“Ro‘yhatdan o‘tish” yoki “Kirish” tugmasini bosish orqali foydalanuvchi ushbu Ommaviy oferta, Turnir qoidalari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi 18+ bo‘lishi va haqiqiy ma’lumot kiritishi shart.

3. Turnirlar: Entry fee, karta, yutuq

  • Har bir turnir uchun entry fee (kirish badali), karta/xarita va yutuq oldindan e’lon qilinadi.
  • Format, jadval, qatnashchilar soni va sovrin fondi turnir kartasida ko‘rsatiladi.
  • Turnir bekor qilinsa yoki texnik sabablarga ko‘ra o‘tkazilmasa, refund tartibi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Adolat va taqiqlar

  • Cheat, exploit, third-party yordamchi dastur, multi-account va yolg‘on ma’lumot — diskvalifikatsiya va hisob blokiga sabab bo‘ladi.
  • Hakam/monitoring tizimi qarorlari qoidalarga muvofiq yakuniy bo‘lishi mumkin.

5. To‘lovlar va mablag‘ yechish

  • Balansni to‘ldirish/yechish hamkor to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
  • Shubhali operatsiyalar vaqtincha muzlatilishi va tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.

6. Maxfiylik

  • Telefon raqami — hisobni yaratish, tizimga kirish (parol), aloqa va xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun.
  • Tranzaksiya ma’lumotlari — to‘lovlarni amalga oshirish hamda hisob-kitob uchun.
  • Texnik loglar (IP, qurilma, cookie) — xavfsizlik va xizmat sifatini oshirish uchun.
  • Shaxsiy ma’lumotlar qonunchilikka muvofiq saqlanadi; uchinchi tomonga faqat qonuniy asos bo‘lgandagina beriladi.
  • Eslatma: hozircha OTP SMS va KYC jarayonlari mavjud emas.

7. Foydalanuvchi huquqlari

  • O‘z ma’lumotlariga kirish, ularni tuzatish yoki o‘chirishni so‘rash.
  • Marketing xabarlaridan voz kechish (opt-out).

8. Mas’uliyatni cheklash

Uchinchi tomon servislaridagi uzilishlar, foydalanuvchi qurilmasi/Internetidagi muammolar va fors-major holatlarida platforma cheklangan javobgarlikka ega. Imkon qadar tezkor re-schedule yoki refund amaliyoti qo‘llanadi.

9. O‘zgarishlar

Hujjatlar yangilanib boriladi; e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Xizmatdan foydalanishni davom ettirish — yangilangan shartlarga rozilik hisoblanadi.

10. Aloqa

Qo‘llab-quvvatlash: Telegram — @GAMEGLORY_UZ