Oxirgi yangilanish: 30 oktabr 2025
1. Platforma maqomi
GameGlory — mahoratga asoslangan onlayn turnir platformasi. G‘alaba ishtirokchining o‘yin
ko‘nikmasi, strategiyasi va jamoaviy o‘yiniga bog‘liq. Qimor/tasodifiy mexanizmlar qo‘llanilmaydi.
2. Qabul va rozilik
“Ro‘yxatdan o‘tish” yoki “Kirish” tugmasini bosish orqali foydalanuvchi ushbu Ommaviy oferta, Turnir
qoidalari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi 18+ bo‘lishi va haqiqiy ma’lumot
kiritishi shart.
3. Turnirlar: Entry fee, karta, yutuq
- Har bir turnir uchun entry fee (kirish badali), karta/xarita va yutuq oldindan e’lon qilinadi.
- Format, jadval, qatnashchilar soni va sovrin fondi turnir kartasida ko‘rsatiladi.
- Turnir bekor qilinsa yoki texnik sabablarga ko‘ra o‘tkazilmasa, refund tartibi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Adolat va taqiqlar
- Cheat, exploit, third-party yordamchi dastur, multi-account va yolg‘on ma’lumot — diskvalifikatsiya va hisob blokiga sabab bo‘ladi.
- Hakam/monitoring tizimi qarorlari qoidalarga muvofiq yakuniy bo‘lishi mumkin.
5. To‘lovlar va mablag‘ yechish
- Balansni to‘ldirish/yechish hamkor to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
- Shubhali operatsiyalar vaqtincha muzlatilishi va tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.
6. Maxfiylik
- Telefon raqami — hisobni yaratish, tizimga kirish (parol), aloqa va xavfsizlik choralarini ta’minlash uchun.
- Tranzaksiya ma’lumotlari — to‘lovlarni amalga oshirish hamda hisob-kitob uchun.
- Texnik loglar (IP, qurilma, cookie) — xavfsizlik va xizmat sifatini oshirish uchun.
- Shaxsiy ma’lumotlar qonunchilikka muvofiq saqlanadi; uchinchi tomonga faqat qonuniy asos bo‘lgandagina beriladi.
- Eslatma: hozircha OTP SMS va KYC jarayonlari mavjud emas.
7. Foydalanuvchi huquqlari
- O‘z ma’lumotlariga kirish, ularni tuzatish yoki o‘chirishni so‘rash.
- Marketing xabarlaridan voz kechish (opt-out).
8. Mas’uliyatni cheklash
Uchinchi tomon servislaridagi uzilishlar, foydalanuvchi qurilmasi/Internetidagi muammolar va fors-major
holatlarida platforma cheklangan javobgarlikka ega. Imkon qadar tezkor re-schedule yoki refund amaliyoti
qo‘llanadi.
9. O‘zgarishlar
Hujjatlar yangilanib boriladi; e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Xizmatdan foydalanishni davom ettirish —
yangilangan shartlarga rozilik hisoblanadi.
10. Aloqa
Qo‘llab-quvvatlash: Telegram — @GAMEGLORY_UZ